AsosiyShou-biznes

​BAHROM NAZAROV KONSERTIDAN FOTOREPORTAJ

'​BAHROM NAZAROV KONSERTIDAN FOTOREPORTAJ'ning rasmi

14 noyabrdan “Istiqlol” san`at saroyida xonanda Bahrom Nazarovning yangi “Intizor” deb nomlangan konsert dasturi boshlandi.

Bu yilgi konsert repertuari rang-barang bo`lib, unda 10 ta yangi, jami 20 ta qo`shiq ijro etildi.

Bungacha aksariyat xonandalar o`z konsert dasturlarini Vatan haqidagi, O`zbekistonga bag`ishlangan qo`shiqlar bilan yakunlashni “an`ana” qilib olgan edi. Bahrom Nazarov bu “an`ana”dan voz kechdi. O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Yurtim” she`ri bilan kuylangan yangi tarona konsert debochasi bo`ldi.

Shuningdek, konsertda tojikcha,turkcha qo`shiqlar ham yangradi. Bahrom Nazarov bu gal ham marhum onasiga bag`ishlab yana bir qo`shiq ijro etdiki, bu konsert mehmonlarini, qolaversa, xonandaning o`zini ham yig`latmasdan qo`ymadi.

Konsertda muxlislar kayfiyatini ko`tarish vazifasi qiziqchi Shukrullo Isroilovga topshirildi. Barcha raqslar esa “Parizoda” raqs ansambli raqqoslari tomonidan ijro etildi.

Darakchi.uz sayti mazkur konsert dasturining birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi:

    Boshqa yangiliklar