O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017 yilning 9 oyi davomida o`ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq xalqaro sahnada mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surish, xorijiy mamlakatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda 2017 —2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha faoliyat olib bordi.
O`zbekiston Prezidentining Turkmaniston (6-7 martda, 19-20 mayda, 17 sentyabr), Qozog`izton (22-23 mart, 29 aprel va 8-9 iyun, 9-10 sentyabr), Rossiya (4-5-aprel), Xitoy (12-15-may), Saudiya Arabistoni (21-may), Qirg`iziston (5-6 sentyabr) va AQShga (18 — 20 sentyabr) davlat va amaliy tashriflari tashkil etildi.
Qozog`iston Prezidentining O`zbekistonga (16-17 sentyabr) davlat tashrifi bo`lib o`tdi.
2017 yilning 9 oyi mobaynida Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi va O`zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan chet el fuqarolariga O`zbekistonga kirish vizasini berish, biometrik pasportni almashtirish/berish, vatanga qaytish to`g`risidagi guvohnoma berish, fuqarolik holatini qayd etish, notarial xizmat ko`rsatish va boshqa masalalar bilan bog`liq jami 308,879 ta konsullik amallari bajarildi.
Hisobot davri mobaynida eng ko`p konsullik harakatlari O`zbekiston Respublikasining Tojikiston (55.938), Rossiya (25.866), Turkmaniston (17.005), Qozog`iston (16.381), Janubiy Koreya (13.874), Germaniya (13.376), Xitoy (12.603) va Hindistondagi (11.925) elchixonalarida amalga oshirildi.
2017 yilning yanvar — sentyabr oylari davomida 224.022 nafar chet el fuqarolariga, shu jumladan, 96.752 nafar sayyohlarga va 32.898 nafar tadbirkorlarga ham O`zbekistonga kirish vizalari berildi. 2016 yilning shu davriga nisbatan berilgan vizalar umumiy soni 21 foizga, shu jumladan, berilgan sayyohlik vizalari 24 foiz, tadbirkorlik vizalari 27 foizga oshdi.
O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan 2017 yilning 9 oyi davomida eng ko`p konsullik-huquqiy harakatlar amalga oshirilgan davlatlar
Joriy yilning 5 iyul kuni videokonferensiya shaklida Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqoti bo`lib o`tdi.
To`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilgan videokonferensiyada Tashqi ishlar vaziri mamlakat ichida va uning tashqarisida bo`lgan vatandoshlarimizning savollariga javob berdi. Savollar, asosan, vatandoshlar uchun muhim bo`lgan fuqarolik masalalari, hujjatlar yo`qolgan taqdirda ularni tiklash, yaqinlar va qarindoshlarni izlash, murakkab vaziyatlarda yordam berish va boshqa holatlarga tegishli bo`ldi.
Tashqi ishlar vazirligining yuqorida keltirilgan tadbiri yakunlarini idoralararo har tomomlama o`rganish natijasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi 5055-sonli “Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqoti” natijalarini amalga oshirish bo`yicha Idoralararo ishchi guruhni shakllantirish to`g`risida”gi farmoyishi bilan Idoralararo ishchi guruh tuzilib, uning tarkibiga Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat personallashtirish markazi va O`zbekiston Respublikasi Bojxona qo`mitasi vakillari kiritildi.
2017 yilning 21 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasining milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi 5055-sonli farmoyishi asosida shakllantirilgan Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqoti chog`ida eshittirilgan muammolarni echish va takliflarni ro`yobga chiqarish bo`yicha Idoralararo ishchi guruhning maqsad va vazifalarini mahalliy, xorijiy OAV va O`zbekiston Respublikasida yashovchi keng aholi qatlamlariga etkazishga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi.






