FIFA referisi Ravshan Irmatov boshchiligidagi o`zbekistonlik hakamlar brigadasi klublar o`rtasidagi jahon chempionatiga taklif etildi.
Irmatovga musobaqa davomida qanot hakamlari — Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.
Klublar o`rtasidagi ushbu nufuzli musobaqa joriy yilning 6 — 16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo`lib o`tadi.






