Uni bunga nima majbur qilgani ma`lum emas. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar tarqatdi.
Agentlikning “Feysbuk” ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasiga kitning jonlantirilishi va dengizga qaytarilishi aks etgan video joylashtirilgan. Ulkan dengiz jonivorining uzunligi 7,2 metr. Yoshi chamasi besh yoki oltida. Kit besh soatdan keyin yana dengizga chiqarib yuborilgan.






