Zambiya poytaxti Livingston shahrida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu erda daydi fil ikki nafar sayyohni ezib tashladi.
Ma`lum qilinishicha, sayyohlardan biri 55 yoshli Belgiya fuqarosidir. U suratga tushish maqsadida daydi filga yaqin borgan. Ammo yovvoyi uni ezg`ilay boshlagan. Shu onda 64 yoshli Niderlandiya fuqarosi bo`lgan yana bir sayh sherigiga yordamga chog`langan. Fil haloskorni ham ayab o`tirmadi. Oqibatda ikki nafar sayyoh voqea joyida nobud bo`ldi.
Mahalliy yovvoyi tabiat departamenti ma`lumotiga ko`ra, yuzlab odamlar har yili hayvonlar hujumidan hayotdan erta ko`z yumadi. Bunday ko`ngilsizliklardan sayyohlar ham himoyalanmagan.






