Venesuela “Global Vision” telekanalining dushanba kungi efirida mamlakatning aloqa va axborot vazirligi rahbari Xorxe Rodriges bundan keyin ijtimoiy tarmoqlar va ularda berilayotgan ma`lumotlar tartibga solinishi borasida bayonot berdi.
Venesuela Aloqa va axborot vazirining ta`kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborotlar mamlakat va fuqarolar uchun juda ko`p salbiy oqibatlarga sababchi bo`lib qolmoqda. Endi bunday xabarlar nazoratga olinishi, noxolis va noto`g`ri ma`lumot tarqatganlar tegishli tartibda jazolanishi Rodriges tomonidan alohida e`tirof etilgan.






