AsosiyJamiyat

OSIYo TARAQQIYoT BANKI O`ZBEKISTONGA 2,29 MLRD. MIQDORIDA MABLAG` AJRATADI

'OSIYo TARAQQIYoT BANKI O`ZBEKISTONGA 2,29 MLRD. MIQDORIDA MABLAG` AJRATADI'ning rasmi

Osiyo taraqqiyot banki 2018 — 2020 yillarda O`zbekistonga 2,29 milliard AQSh dollari miqdorida kredit ajratishni rejalashtirmoqda.

OTB 2018 — 2020 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston uchun biznes-rejani qabul qilgan.

Unga ko`ra, OTB O`zbekistonga 1,54 mlrd. AQSh dollari miqdorida va Osiyo taraqqiyot jamg`armasining imtiyozli mablag`laridan 750 mln. AQSh dollari miqdorida kredit berishni rejalashtirmoqda.

Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki O`zbekistonning energetika sohasini modernizasiya qilish uchun 750 million dollar ajratadi. Mazkur mablag` issiqlik va gidroelektrostansiyalar, shuningdek, elektr uzatish liniyalarini qayta tiklashga yo`naltiriladi.

Yana 793 million AQSh dollari transport infratuzilmasi va suv ta`minoti tizimlarini qurishga yo`naltiriladi.

OTB qishloq va qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun 400 million AQSh dollari ajratishni rejalashtirmoqda.

Bulardan tashqari, OTB sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirishga 45 million, moliyaviy sektorni qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun 400 million AQSh dollari ajratishni ko`zlamoqda.

OTB, shuningdek, O`zbekistonga energetika va moliya hamda suv ta`minoti sohalaridagi loyihalar uchun qo`shimcha yana 660 million AQSh dollari ajratishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar