15.02.2014 14:13
Toir Qo`ziev “Sato”ni tark etdi(mi)?
Kuni kecha esa “Guruh ajralibdi”, degan xabar tarqaldi. Eshitishimizcha, guruh vakillari O`tkir Qodirov va Baxtiyor Qobilov “Sato”ni tark etishgan. Yodingizda bo`lsa, Baxtiyor Qobilov avval “Nola” guruhida ham ijod qilgandi. Ayni mazkur masala yuzasidan O`tkir Qodirovga murojaat qildik. — Tarqalgangan gap-so`zlar qisman haqiqatga yaqin. Lekin biz emas, Toir Qo`ziev “Sato” guruhini tark etdi. Men va Baxtiyor Qobilov hali ham “Sato” guruhidamiz, ammo bu masala hali oxirigacha echimini topmadi, – deydi sozanda.
Guruh yakkaxoni Toir Qo`ziev ayni damda Germaniya safarida bo`lgani sabab, tarqalgan gap-so`zlarga munosabatini bila olmadik. Balki Toir Qo`ziev 18 fevral kuni mamlakatimizga qaytib kelgach, hammasi oydinlashar...





