13.02.2014 21:32
Olimpiada ayni qizg`in pallada "Toshkent-Sochi" aviareysi bekor bo`ldi
Pressnews nashrining Rodrobno.uz nashriga tayanib [url=http://pressnews.uz/article/967]xabar berishicha, Toshkentdan 13 fevral kuni soat 3:30 da uchishi kerak bo`lgan №SU5337 reysi bekor bo`lgan. Ushbu reysda uchishi kerak bo`lgan yo`lovchilar 12 fevral kuni kechqurun reys bekor qilinganligi haqida ogohlantirish olishgan.
Biroq qishki Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tayotgan joyga parvoz qilayotgan reysning bekor qilinganligi sabablari tushuntirilmadi.
Aviakompaniya dastavval Olimpiadaga harid qilingan chiptalar Toshkentdagi “Aeroflot” ofislarida qaytarilishini ma`lum qildi. Biroq u erda ishqibozlarga bu borada yordam bera olishmadi hamda aviachipta pulini komissiyasiz shahar aviakassalarida qaytarilishini aytishdi.
Aytish joizki, Toshkentda Rossiyaning xokkey jamoasiga ishqibozlik qilish uchun borishni istaganlar ham topildi.
Boshqa manbalarning xabar berishicha, “Toshkent-Sochi-Toshkent” reysi joriy yilning 17 martigacha bekor qilingan. Biroq bu borada Rossiya aviakompaniyasi hech qanday izoh bermagan.
Darvoqe, O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi a`zosi Misha Gening figurali uchish bo`yicha musobaqalardagi ishtiroki aynan bugun, 13 fevral kuni bo`lib o`tdi.
Sports.uz [url=http://sports.uz/uz/]xabar berishicha, Olimpiadaning 6-kunidan o`rin olgan figurali uchish bo`yicha qisqa dastur chiqishida Misha Ge o`z kompozasiyasini tomoshabinlar va hakamlar hay`ati e`tiboriga havola etdi. Sport olamining eng nufuzli musobaqasida ilk marotaba ishtirok etayotgan Misha qisqa dastur bo`yicha 68.07 ball qo`lga kiritdi.





