AsosiyJamiyat

Uy sotib olish uchun berilgan “zaklad” pulini qaytarishmasa...

Men sotib olish uchun topgan uyimning egasiga “zaklad” (garov) uchun 800 AQSh dollar miqdorda pul bergan edim. Evaziga u tilxat yozib, o`zining pasport nusxasini ham menga bergandi. Aytilgan muddatda qolgan pulni olib kelsam, u uyini sotmasligini va sotsa ham balandroq narx qo`yishini aytdi. Bo`lmasa pullarimni qaytarib berishini so`rasam xozir imkonim yo`q deb, aldab yurib, uyni boshqaga sotib yuboribdi. Ushbu holatda qanday javobgarlik belgilangan?
 
[right]Nodirbek Muraliev, Toshkent shahri
 [/right]

Javob:

Fuqarolik kodeksining 311-312-moddalariga binoan, shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta`minlash yuzasidan beradigan pul summasi zaklad, ya`ni garov hisoblanadi.
 
Garov to`g`risidagi kelishuv “zakalad”ning summasidan qat`i nazar, yozma ravishda tuzilishi kerak. Shartnomadagi taraf amalga oshirishi kerak bo`lgan to`lovlar hisobidan to`langan summa garov ekanligiga, xususan shartnomaning yozma ravishda tuzilishi shartligi to`g`risidagi koidaga rioya qilinmasligi oqibatida, shubha tug`ilgan taqdirda, bu summa, agar boshqa hol isbotlangan bo`lmasa, bo`nak sifatida to`langan deb hisoblanadi.
 
Majburiyat uni bajarishdan oldin taraflarning kelishuviga muvofiq yoki bajarishning imkoni yo`qligi oqibatida bekor qilingan taqdirda zakalat puli qaytarib berilishi kerak.
 
Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar bo`lsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar bo`lsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Bundan tashqari, shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar bo`lgan taraf, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, zakalat summasini hisobga olgan holda ikkinchi tarafga zararlarni to`lashi shart.
 
Murojaatda bayon etilgan holatdan xulosa chiqaradigan bo`lsak, siz javobgardan garov pulni qaytarish va etkazilgan moddiy zararni qoplashi yuzasidan fuqarolik da`vosi bilan sudga murojaat qilishingiz mumkin.
 
Agarda tomonlarni biri ushbu kelishuvni notarial tartibda tasdiqlanishini talab qilsa, u holda ushbu kelishuv notarial tasdiqlanishi lozim.

    Boshqa yangiliklar