11.02.2014 16:37
O`zbekiston davlat sirkida “Varshava sirki” xalqaro dasturi taqdim etilmoqda
Shu kunlarda Polsha, Belarus, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan kelgan sirk artistlari o`z mahoratini namoyish etish va tajriba almashish maqsadida poytaxtimizda mehmon bo`lib turibdi, deya xabar beradi O`zA.
O`zbekiston davlat sirki manejida o`z chiqishlarini namoyish etish – har qanday sirk artisti uchun ulkan sharaf. Zero, bir asrdan ziyod tarixga ega o`zbek milliy sirkining jahonda o`z o`rni va mavqei bor.
«Varshava sirki» deb nomlangan ushbu xalqaro dastur yorqin va qiziqarli chiqishlarga boy. Hind fillari ishtirokidagi attraksion dasturning eng tomoshabop qismidir.
Ayni paytda ulkan sovun pufaklari namoyish qilinadigan chiqish, afrikacha olov raqsi, ekvilibristlar,
akrobatlar, jonglyorlarning chiqishlari ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.





