10.02.2014 17:23
Daniya hayvonot bog`ida 18 oyli jirafa otib o`ldirildi
Kopengagen hayvonot bog`ida Marius laqabli sog`lom va yosh jirafa o`ldirildi. Bu qarorni bog` xodimlari Mariusni ikki yaqin qarindosh jirafalardan dunyoga kelgani bilan izohlashdi.
Marius tashrif buyuruvchilar ko`z oldida pistolet orqali otib o`ldirildi va sherlarga em qilindi.
Bu holatga minglab kishilar qarshilik ko`rsatishdi. 20 mingga yaqin kishilar qarshiklari to`g`risida imzo chekishdi. Bir necha boshqa bog`lar esa Mariusni ularga berishini so`rashgan. Xatto noma`lum shaxs jirafa uchun 500 000 evro to`lashga tayyor ekanligi aytilgan. Shunga qaramay hayvonot bog`i xodimlari uni o`ldirishdi. Qarshi bo`lganlarga esa bog` ma`muriyati yaqin qarindoshlardan bo`lgan hayvonlarni yo`q qilish va boshqa erga berib yubormas kerakligi yozilgan Evropa ittifoqining reproduksiya dasturini ko`rsatishdi.





