O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Nyu-Yorkdagi terak munosabati bilan AQSh Prezidenti Donald Trampga hamdardlik yo`lladi. Maktub matni TIV matbuot xizmati tomonidan e`lon qilindi.
«Ushbu shafqatsiz jinoyatni hech qanday yo`l bilan oqlab bo`lmaydi. Biz ekstremizm va terrorizmning har qanday shakli va ko`rinishini qattiq qoralaymiz», — deb yozadi O`zbekiston Prezidenti.
U sodir bo`lgan fojia bu kabi noinsoniy zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish zarurligini yana bir tasdiqlashini ta`kidlab o`tdi.
«O`zbekiston o`z tomonidan mazkur terroristik aktni tergov qilishda ko`maklashish uchun barcha kuch va vositalarni ishga solishga tayyor», — deyiladi Shavkat Mirziyoev maktubida.
Davlat rahbari Amerika Qo`shma Shtatlari xalqiga har tomonlama birdamlik hissini izhor etib, halok bo`lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik so`zlarini bildirdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog`ayib ketishlarini tiladi.






