10.02.2014 13:02
Quvayt poytaxtida noodatiy sevgi izhori tirbandlikka olib keldi
U shaharning markaziy ko`chalaridan biridagi ko`prikka yurak shaklidagi atir gul dastasini o`rnatdi. Yurak shaklidagi guldasta va uning o`rtasidagi yozuv har kuni shu yo`ldan o`tadigan birgina qizning e`tiborini tortishi kerak edi.
Ammo bu sevgi izhori tirbandlikka olib keldi. Shu trassadan o`tadigan ko`plab xaydovchilar bu sovg`ani suratga olib o`tishni kanda qilishmayapti.
Hozir ushbu suratlar mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda barcha rekordlarni yangilamoqda. Quvayt polisiyasi esa gulni qurib tushishini va avtomobillar harakatining tartibga qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.





