AsosiyDunyo

NYu-YORKDAGI TERAKT OQIBATIDA 8 KIShI HALOK BO`LDI

'NYu-YORKDAGI TERAKT OQIBATIDA 8 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Nyu-Yorkning Quyi Manxetten tumanida Jahon savdo markazi yonida yuk mashinasini boshqarayotgan haydovchi velosipedlar yo`lakchkasiga chiqib, yo`lida uchraganlarni bosib ketgan va so`ngra otishma sodir etgan, deya xabar qildi CBS.

Hodisa 31 oktyabr, seshanba, mahalliy vaqt bilan 15:05 da (Toshkent vaqti bilan 24:05) ro`y berdi. Yuk mashinasi bir necha ko`chani bosib o`tdi va 20 dan ortiq kishini urib yubordi.

Guvohlarning aytishlaricha, yuk mashinasi avval odamlarni bosib, so`ngra maktab avtobusiga borib urilgan. Haydovchi mashinadan tushib otishma boshlagan. Voqea joyiga etib kelgan polisiya bosqinchiga o`q uzib uni yaraladi. Hozirda mazkur shaxs qo`lga olingani va kasalxonaga etkazilgani bildirilmoqda.

Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, hujum oqibatida 8 odam halok bo`lgan va turli ma`lumotlarga ko`ra 10 nafardan 15 nafargacha odam jarohat olgan.

Hokimiyat vakillari hujumni terakt deb atadi. Huquq-tartibot idoralaridagi manbalar ham jurnalistlarga jinoyat terakt sifatida tekshirilayotganini ma`lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp teraktda halok bo`lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi hamda AQSh o`z hududiga IShIDning kirishiga yo`l qo`ymasligini aytgan.

    Boshqa yangiliklar