AsosiyJamiyat

XIVADA MILLIY USLUBLAR BILAN UYG`UNLAShGAN TEMIRYO`L VOKZALI QURILADI

'XIVADA MILLIY USLUBLAR BILAN UYG`UNLAShGAN TEMIRYO`L VOKZALI QURILADI'ning rasmi

«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari va quruvchilari tomonidan Urganch va Xiva shaharlari oralig`ida yangi temiryo`l liniyasini qurish ishlari amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi jamiyat axborot xizmati.


Loyihaga ko`ra, 31,7 km yangi temiryo`llar yotqizish, Xivada milliy uslubni o`zida jamlagan zamonaviy temiryo`l vokzalini qurish ko`zda tutilgan. Hozirgi kunda tuproq va er ishlari deyarli yakunlandi. Maxsus mexanizasiyalashtirilgan yo`l stansiyasi jamoasi tomonidan 743 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. Bugungi kunga kelib, jami 93 ta sun`iy inshootdan 63 tasi qurib bitkazildi.

Bunyodkorlik jarayoniga 200 nafardan ortiq ishchi-muhandis, 100 ga yaqin qurilish texnikasi jalb qilingan.

Xiva shahrida zamonaviy, milliy uslublar bilan uyg`unlashgan temiryo`l vokzalini qurish ishlari ham jadal sur`atlarda olib borilmoqda. «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari bu erga kelayotgan sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida vokzal binosini ko`hna Xivadan uncha uzoq bo`lmagan hududga joylashtirdi.

Ta`kidlab o`tish joizki, vokzal bir vaqtning o`zida 200 nafar yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladi.


    Boshqa yangiliklar