Aviasiya maktabi o`quv mashg`ulotlarini o`tkazayotgan paytda layner eshigi havoda uzilib, turar joy binosining ustiga qulab tushdi.
Ushbu holat Hindistonning Telangan shtatida yuz berdi. Voqea sodir bo`lgan payt xonadon ahli uy yumushlari bilan band edi. Ular qattiq shovqindan qo`rqib hovliga yugurib chiqdilar va peshayvonda samolyot bo`lagini ko`rib qoldilar.
Samolyot juda eski bo`lganligi bois havoda eshigi qulab tushgan. Uchuvchilar ehtiyotkorlik bilan qo`nishga muvaffaq bo`lishdi. Favqulodda holat oqibatida hech kim jabr ko`rmadi.






