AsosiyDunyo

HINDISTONLIK JARROHLAR BEMOR OShQOZONIDAY 600DAN ORTIQ MIXNI OLIShDI

'HINDISTONLIK JARROHLAR BEMOR OShQOZONIDAY 600DAN ORTIQ MIXNI OLIShDI'ning rasmi

Hindistonlik jarrohlar ruhiy xastalikka chalingan yigitning oshqozonidan 600 dan ortiq mixni olishdi. Kamdan-kam holatda uchraydigan bunday jarrohlikni Kalkuttadagi tibbiyot kollejining shifokorlari amalga oshirdi.

Bemor qornidagi kuchli og`riqlardan keyin shikoyat qilgan. Kasalxonada ultra tovush tekshiruvi o`tkazilganda bemorning oshqozoni mixga to`laligi aniqlangan. Shundan so`ng bemorni jarrohlikka tayyorlashdi.

Jarroh Siddxartxa Bisvasning aytishicha, bemorning oshqozoni uzunligi 2 sm bo`lgan mixlarga to`lib shishgan edi. Shifokorlar jarrohlini juda ehtiyotkorlik bilan olib borishgan. Oshqozondan mixlarni olish uchun ular magnitdan foydalanishdi. Jarrohlik bir kechayu kunduz, ya`ni 24 soat davom etdi.

Yigitning qarindoshlaridan biri jurnalistlarga bemorning aqli zaifligi, har narsani yutib yuborish odati borligi haqida gapirib berdi.

Jarrohlik muvaffaqiyatli o`tdi, bemorning ahvoli barqaror deya ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar