08.02.2014 23:00
Sport sharhlovchisi Guberniev qilgan xatosini tan oldi
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda o`zbekistonliklarning katta e`tiroziga sabab bo`lgani haqida avval xabar bergan edik.
Bugun Guberniev o`z rasmiy saytida qilgan xatosi uchun O`zbekiston ahlidan rasman uzr so`radi.
“Hurmatli O`zbekiston ahli!
Sochidagi Olimpiya o`yinlari ochilishini sharhlash jarayonidagi xatoyim uchun kechirim so`rayman. Bundan keyin e`tiborli bo`lishga harakat qilaman. Sportchilaringizga Olimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok tilayman!”





