AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar sharhlovchi Gubernievdan uzr so`rashini talab qilishmoqda

Kecha  Sochida qishki Olimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Turli mamlakat ishtirokchilarini birin-ketin stadionga kirib kelishlari vaqtida jamoalarni tanishtirib borayotgan Rossiyaning "Sport-1", "Rossiya-2" telekanallari sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniev O`zbekiston olimpiya terma jamoasini Tojikiston terma jamoasi bilan adashtirib yubordi. 

Sharhlovchi  yurtimiz sportchilari maydonga chiqishganida "Tojikiston terma jamoasini qarshi olamiz!" deya e`lon qildi. 

Bu o`z vaqtida o`zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida katta muhokamaga sabab bo`ldi - yurt nomi adashtirilgani ularning g`azabini qo`zg`atdi.

Facebook ijtimoiy tarmog`ida esa aynan Gubernievga atalgan sahifa ochildi. U sahifa ochilganidan 17 soat o`tgan, sahifa 5 mingdan ziyod like yig`di. Tvitterda esa sharhlovchining rasmiy sahifasida yuzlab kishilar uni uzr so`rashini talab qilishmoqda.
 
Shu o`rinda estradamiz vakillari ham jim turishgani yo`q. Shahzoda Matchanova, Tohir Sodiqov, Shoxrux repper va boshqa ko`plab estrada vakillari o`z sahifalarida sharhlovchining qo`pol xatosini ta`kidlab o`tishgan. 

Guberniev tomonidan ham Rossiya OAV tomonidan ham bu borada hozircha hech qanday izohlar bo`lmadi.

    Boshqa yangiliklar