AsosiyShou-biznes

Nyusha Rossiyaga O`zbekiston yong`oqlaridan yarim qopdan olib ketishini aytdi

O`zbekistonga tashrifi chog`ida jurnalislar bilan ko`rishishga rozi bo`lmagan Nyusha “Darakchi” gazetasi uchun vaqt ajratdi...
 
3 fevral kuni “Istiqlol” san`at saroyida rossiyalik taniqli xonanda Nyushaning bir kunlik konsert dasturi bo`lib o`tdi.

— Sizni ko`rib turganimizdan juda xursandmiz. O`zbekistonga hush kelibsiz!

— (Samimiy jilmayib), rahmat! Sizlarning mehmondo`st xalq ekaningizga yana bir karra amin bo`ldim. Ob-havoning bu qadar sovuqligiga qaramay, iliq kutib olganingizdan xursandmiz! 
 
— Ijodingizdagi ilk uchta klipni ham aynan bizning yurtimizda suratga olganingizdan ham xabarimiz bor.

  O`zbekiston nihoyatda go`zal davlat. Bir-biridan qolishmaydigan darajadagi maskanlari talaygina. Bir qo`shig`imni klipini klipmeyker taklifi bilan O`zbekiston cho`llarida suratga tushirganmiz. Tasvirga olish jarayoni bilan bog`liq qiziqarli xotiralarimni ko`p eslayman...
 
— O`zbekistonga uyushtirgan tashrifingizdan birida o`zbek lag`monini yoqtirib qolgan ekansiz. Bu safar-chi? Yurtimizdan Rossiyaga nima olib ketishni mo`ljalladingiz?

(Kuladi), yong`oqlarni! Mehmonsevar xalqning dasturxoniga qo`yiladigan turli ta`mdagi yong`oqlarni mazza qilib iste`mol qilyapman. Moskvaga har biridan kamida yarim qop olib ketsam kerak.
 
Rossiya estradasining eng mashhur xonandasi bilan kechgan eksklyuziv suhbatning to`liq variantini “Darakchi” gazetasining 13 fevral kuni chop etiladigan 3-sonda o`qishingiz mumkin.
 
Unda Nyusha qaysi o`zbek xonandalarini tanishi, ularning qaysi biri bilan duet kuylamoqchi ekanligi, jurnalistlarga munosabati, otasi bilan prodyusserlik munosabati, shaxsiy hayoti va rejalari bilan o`rtoqlashgan. Uni gazetaning 13 fevral kuni sotuvga chiqadigan 3-sonida o`qishingiz mumkin bo`ladi. O`tkazib yubormang!

    Boshqa yangiliklar