06.02.2014 11:13
O`zbekistonda GAPim messenjeri yaratildi
Ma`lumot va onlayn xabarlar almashish milliy axborot tizimi real vaqtda matnli xabarlar almashishga mo`ljallangan, bu haqda pressnews.uz [url=http://pressnews.uz/article/898]xabar bermoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi lokal va korporativ tarmoqlarda hamda Internet tarmog`ida mahalliy xizmat ko`rinishida tashkil etilgan tezkor xabarlarni almashish milliy tizimini yaratishdan iborat. Ushbu tizim klassik aloqa tizimlarining alternativ varianti bo`lib, foydalanuvchilarga arzon va qulay muloqot qilish imkoniyatini beradi.
Messenjer orqali nafaqat xabar almashish, balki fayllar almashish, konferensiyalar tashkil qilish, qo`ng`iroqlar amalga oshirish mumkin. GAPim'da hozirgi vaqtgacha 100ga yaqin foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan.





