AsosiyJamiyat

Yurtimiz maktablarida to`g`ri ovqatlanish darslari yo`lga qo`yildi

O`zbekistonning boshlang`ich maktablarida “Sog`lom bolalar” ta`lim dasturi yo`lga qo`yildi. 

Mazkur tashabbus «Nestle Uzbekistan» tomonidan Xalq ta`limi vazirligi ko`magida amalga oshirilmoqda. «Sog`lom bolalar» dasturi – bu bolalarda ovqatlanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan noyob dasturdir, deya [url=http://podrobno.uz/]xabar beradi Podrobno nashri. Mazkur fan umumta`lim maktablarining 1-2-sinf o`quvchilari, «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari hamda maktabgacha ta`lim muassasalarining tayyorlov guruhlarida o`qitiladi. Dasturning uslubiy qo`llanmalari Xalq ta`limi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Mutaxassislarning fikricha, boshlang`ich ta`lim bolaning kelgusi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu davrda bolaning sog`lom hayot tarzi va ovqatlanish madaniyati shakllanadi. Aynan mana shuning uchun ushbu fan aynan shu yoshdagi bolalar uchun qo`l keladi.

To`g`ri ovqatlanish darslari sinf rahbarlari, fan o`qituvchilari, tarbiyachilar tomonidan o`tkazilishi mumkin. 

Ushbu maqsadning ilk bosqichida Toshkent va Namanganning 6 000 dan ortiq o`quvchisini jalb qilish rejalashtirilgan.

Mazkur dastur “Nestle” kompaniyasiga tegishli Healthy Kids» loyihasining bir qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda dastur dunyoning 71 mamlakatida ishlab, 6 mln bolani o`z ichiga oladi. 

    Boshqa yangiliklar