03.02.2014 10:42
Meksikalik bokschi nokautdan so`ng vafot etdi
Voqea 1 fevral kuni Mexikoda bo`lib o`tgan jangning 10-raundida sodir bo`ldi. 23 yoshli sportchi miya jarohati bilan shifoxonaga etkazildi. Biroq shifokorlar unga yordam bera olishmadi va bir kun o`tib, Oskar Gonsales vafot etdi.
O`zining bokschilik faoliyati davomida Oskar Gonsales 26 jangdan 23 tasida g`alaba qozongan.





