AsosiyJamiyat

Adliya Vazirligi tadbirkorlar uchun “Yagona oyna” tizimini joriy etdi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish inspeksiyasida tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Yagona oyna” tizimini tashkil etidi.

Bu erda ortiqcha vaqt yo`qotish kabi jarayonlarga barham berish uchun tadbirkorlar va tadbirkorlik sub`ektlarini tegishli mutaxassislar yordamida davlat ro`yxatidan o`tkazish, kommunikasiya tarmoqlariga ulanish, er ajratish, ruxsatnomalar berish kabi masalalarda amaliy yordam ko`rsatiladi, deya [url=http://minjust.uz/uz/press/news/2014/01/4805/]xabar beradi Vazirlik matbuot xizmati.

Shuningdek, tizim orqali tadbirkorlar kredit ajratish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, turarjoy binolarini noturarjoy toifasiga o`tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni qisqa muddatda tayyorlash, er uchastkasiga egalik huquqini davlat ro`yxatidan o`tkazish, tumanda bo`sh turgan binolarni ijaraga berish hamda sotib olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish uchun batafsil ma`lumot olishi mumkin.
 

    Boshqa yangiliklar