AsosiyJamiyat

10 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

1992 yil 10 dekabr “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo`yilgan. O`zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta`kidlangan.

Davlat madhiyasining muallifi O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo`lib, musiqasini O`zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o`tmishimiz, milliy an`ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg`ular tarannum etilgan.

O`zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning ma`naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o`zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va etuk insonlar bo`lib voyaga etishida muhim tarbiyaviy vosita bo`lib xizmat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar