AsosiyJamiyat

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya AQSh Davlat kotibi o`rinbosari bilan uchrashdi

9 dekabr kuni Vashingtonda O`zbekistonTashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya AQSh davlat kotibining birinchi o`rinbosari Jozef Berns bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv ikki davlat o`rtasidagi siyosiy konsultasiyalarning to`rtinchi raundi doirasida o`tkazildi. Muloqot chog`ida ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, shu jumladan, avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik alohida muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, uchrashuv davomida tomonlar O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar taraqqiy etayotganligini mamnunlik bilan qayd etdilar. Shuningdek, doimiy tarzda o`tkazib kelinayotgan turli doiradagi muloqot va tashriflar ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta`sir etishi ta`kidlandi. 

    Boshqa yangiliklar