09.12.2013 14:44
“Obod turmush yili” doirasida qariyb 7 trln so`m va $471 mln sarflandi
Ushbu yil Davlat dasturi doirasida barcha manbalar hisobidan sarflangan mablag`lar 6 trillion 930 milliard so`m hamda 471 million dollarni tashkil qildi.
Shuningdek Davlatimiz rahbari o`z ma`ruzasida mana shunday olijanob va savobli ishga o`z hissasini qo`shgan yurtimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlariga, fermerlik va tadbirkorlik sub`ektlariga, ko`mak bergan xorijiy va xalqaro tuzilmalarga, chet mamlakatlarning elchilari va diplomatik vakolatxonalar vakillariga, shu ezgu yo`lda sidqidildan xizmat qilgan barcha insonlarga o`zining va xalqning nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.





