09.12.2013 12:18
Zarina Nizomiddinova kimga turmushga chiqishini aytdi
“Darakchi” gazetasi muxbirining bir qator savollariga javob qaytargan san`atkor turmushga chiqayotganda nimalarga ahamiyat berishini ham aytib o`tdi.
“Bugungi kunda chin dildan sevib, “uylanaman!” deb jiddiy qarorda turganlar ham yo`q emas. Lekin uylanmagan yigitga turmushga chiqmayman, deb o`zimga o`zim so`z berdim. Sababi, uylanmagan yigitning dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati, uylanganlarniki keskin farq qiladi. Qolaversa, bugungi emas, ertangi hayotim haqida qayg`uraman. Uylanmagan yigit bilan oila qursam, uning fe`l-atvoriga chidab yashashimga to`g`ri keladi. Shu bois hayotga jiddiy ko`z bilan qaraydigan, san`atimni tushunadigan inson bo`lsa deyman. Uylanmagan yigitlarga esa yaxshi qizlar nasib etsin (kuladi)”.
Bundan tashqari ham aktrisalik ham qo`shiqchilik sohasi bilan shug`ullanayotan san`atkor “yulduzlik kasali”, san`atkorlar orasida dugonasi yo`qligining sabablari hamda ijtimoiy tarmoqlar xususidagi mulohazalari bilan “Darakchi” gazetasining 50-sonida chop etiladigan intervyuda batafsil tanishishingiz mumkin. O`tkazib yubormang!





