09.12.2013 10:55
Toshkentda yangi gipermarket ish boshladi
«MAKRO» gipermarketi Qoratosh massivida joylashgan bo`lib, u haridorlar uchun eshiklarini 8 dekabr kuni ochdi.
Yangi savdo markazining ochilishi ko`pchilikni jalb qildi, deya xabar beradi uz24.uz.
Ma`lumotlarga qaraganda, birinchi ish kuni gipermarketning barcha bo`limlari ish boshlamagan. Bu kuni faqat birinchi qavvat ishlagan. 2, 3, 4 qavatdagi qurilish ishlar esa hali yakunlanmagan. Shunga qaramay gipermarketga yuzlab odam tashrif buyurdi.
«MAKRO» gipermarketi – bu to`rt qavatli savdo majmuasi bo`lib, uning umumiy maydoni 5500 m² tashkil qiladi. Birinchi qavatda supermarket joylashgan, 2-qavatda zamonaviy liboslar do`konlari, 3- va 4- qavatlarda ko`ngilochar majmua joylashishi ko`zda tutilgan.





