AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi har uch oilaning birida engil avtomobil bor

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yashayotgan har uchta oilaning bittasi shaxsiy engil avtomobilga ega.
 
Bu xaqda yurtboshimiz Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ta`kidladi.
 
Shuningdek, yurtimizdagi har 100 ta oilaga o`rtacha 80 ta xolodilnik, 146 ta televizor to`g`ri kelmoqda. Bu esa ba`zi oilalarda ikki-uchtadan televizor borligini ko`rsatadi. Shuningdek, aholining kir yuvish mashinasi, changyutgich, mikroto`lqinli pechlar, shaxsiy kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan ta`minlanish darajasi ortib bormoqda.
 
Respublikamizda mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilar soni 19 million nafarni tashkil etib, har bir oilaga o`rtacha 3 ta uyali telefon to`g`ri kelmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda internet abonentlari soni o`tgan yilga nisbatan 18,3 foizga o`sib, hozirgi paytda 7 million 100 ming nafarni tashkil etmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar