AsosiyShou-biznes

Shoxrux Xon: “Odamlar hayoliga keltirmaydigan muammolarim bor”

Shoxrux Xon Bollivud uchun hamisha kerakli qiyofa! Uning ishtirokidagi oddiygina rolik ham ommalashadi. Shoxrux faqatgina yaxshi aktyor emas, balki yaxshi suhbatdosh ham. U oddiy va e`tibor talab qilmaydigan vaziyatlarda ham odamni hayron qoldira oladi…

— Omaddan charchagan paytlaringiz
ham bo`lsa kerak?

— Agar nolisam gunox bo`ladi. Ammo ba`zida muvafaqqiyatlar ham odamni charchatadi. Eng yomoni — o`sha paytlarda faqat olqish va e`tiroflarga javob berishingizga to`g`ri kelgani bois o`zingizga vaqt ajrata olmaysiz.

— Bugungi filmlaringizda yosh
ko`rinishga intilish kuchli...

— Balki… (Kulib), axir kim ham qarishni xohlaydi? Vaziyatni baholash biroz g`alati, lekin bir gap — muxlislar meni hamisha navqiron ko`rishni istashadi, buni sezaman. Shu sabab, doimo ularga yoqish, ko`nglidan joy olish uchun harakat kilganman.

Nazarimda, ortiqcha urinishni hojati yo`q! Ular sizni shundoq ham yaxshi ko`rishadi!

(Kulib), bu gapni ko`p eshitganman. Lekin oldinga intilmaslik tabiatimga xos emas! Qolaversa, “etar bas!” degan fikrga kelish esa hayotimga nisbatan xiyonatdek ko`rinaveradi. Gauri ish jarayonida tinimsiz ravishda “Bizni unutib qo`ymang!” deya takrorlaydi. To`g`ri, rafiqam bu gapni hazil tariqasida aytadi. Ammo ba`zida ishga shu qadar sho`ng`ib ketamanki, chindan ham ko`p narsani unutaman. Aytmoqchimanki, mehnat kilmasdan yasholmayman. Kunlab uxlamaslikka, jonimni berib ishlashga allaqachon o`rganib bo`lganman.

— Shoxrux Xonda hamma narsa bor, deyishadi...


— Shukr, bor! Lekin odamlar havas qilolmaydigan, hatto hayoliga keltirmaydigan muammolarim ham bor. Tashvishlarimni atrofdagilar bilan bo`lishgim kelmaydi. Chunki dard — o`zimniki! Odamlarga faqat tabassum va mehrim etib borishini istayman.

— Gaurisiz hayotingizni qanday tasavvur qilasiz?


— Rangsiz! Oq-qoradek…

— Farzandlaringiz yo Gauri. Qay birini birinchi o`ringa qo`yasiz?

— Albatta farzandlarimni! Bu javobim Gaurin kuvontiradi. Chunki, u ham meni tanlamagan bo`lardi. Bora–bora farzandlarga odam juda ham bog`lanib qolar ekan. Va eng yomoni  - yuragingizni bir qismi mehrga limmo–lim bo`lsa, ikkinchi qismi havotirga to`ladi.

— Havotir uchun asos bormi?!


— Buni Bollivud qiroli emas, oddiy otaning javobi sifatida qabul qiling! Oddiy xizmatchi bo`lganimda ham bolalarimdan havotir olgan bo`lardim.

— Siz va bollivudchilarning muammosi haqida yozishlariga ko`nikib ketgandirsiz?

— Jurnalistlarning xizmat vazifasiga — yozish va biz haqimizdagi o`zi bilmagan shov-shuvlarni tarqatish ham kiradi-ku (kuladi)! Ko`nikmay iloj yo`q.

— Salmon Xon bilan yarashuvingizni ko`pchilik olqishladi...


— U bilan qachon urishib qolgan ekanman?! Shunchaki munosabatlarimizda biroz sovuqchilik bor edi, xolos.

— «Omadsiz“ yurish”larim boshqalarga bergan imkoniyatim demakdir», degan edingiz…


— Rost, kimningdir omadi boshqa birovning to`xtab turishi, kimnidir muvafaqqiyatsizligi esa sherigining shaxdam qadamlar bilan “yurishi”ga sabab bo`ladi.

Nima sizni xursand qiladi?

— Muxlislardan minnatdorman! Filmlarimni tomosha qilish uchun o`n-o`n besh rupiya sarflashadi. Men bilan ko`rishish uchun fursat kutishadi. Ularga rahmat aytishimning yana bir sababi — muxlislarning e`tibori tufayli go`zal aktrisalar bilan ishladim, eng qimmat mehmonxonalarda yashadim, dunyo kezdim, sevdim va sevildim! Yaratgan shunday hayot ato qilgani uchun ShUKR!
 
Bilasizmi?

·        Shoxrux Xon yilda 5—6 marotaba Dexliga ota–onasining qabrini ziyorat qilishga boradi.
·        Shoxrux va Kajol ishtirokidagi «O`g`irlanmagan kelin» filmiga Mumbayda 700 hafta davomida chiptalar talash bo`lgan.
·        Aktyorning bankdan oladigan va beradigan hisob qog`ozida hamisha «love, SRK» degan dastxat bo`ladi.
 

    Boshqa yangiliklar