04.12.2013 16:17
O`zbekistonlik olima Argentinada yuksak mukofot bilan taqdirlandi
Unda O`zbekiston Milliy universiteti o`qituvchisi Dilfuza Egamberdieva ishtirok etdi. “Pravda Vostoka” nashrining xabar berishicha, u qishloq xo`jalik ekinlarining atrof-muhit salbiy omillariga nisbatan chidamliligini oshiradigan texnologiyalar rivojiga qo`shgan hissasi uchun medal bilan mukofotlandi.
Iste`dodli olima Dilfuza Egamberdieva 20 yildan buyon biologiya va tuproqshunoslik fakulteti laboratoriyasida faoliyat yuritib keladi. 2000 yilda unga Berlindagi Gumboldt universiteti tomonidan qishloq xo`jaligi bo`yicha fahrli doktorlik darajasi berilgan.
Ta`kidlash joiz, olima qo`lga kiritgan mukofot unga o`simliklardagi kasalliklarni boshqarib, ularni ekologik toza mahsulotlarga aylantiradigan mikroorganizmlarni etishtirish bo`yicha tadqiqot ishlarini davom ettirish imkonini beradi.





