04.12.2013 11:12
“Lukoyl” O`zbekiston neft-gaz kompleksiga $5 mlrd investisiya kiritadi
Bu haqda kecha Oqsaroyda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Lukoyl neft kompaniyasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperov bilan uchrashuvi paytida ma`lumot berildi.
Ayni paytda “Lukoyl” kompaniyasi O`zbekistonda uchta istiqbolli loyihani amalga oshirmoqda. Xususan, Mahsulot taqsimoti to`g`risidagi bitim doirasida Havzak, Shodi, Qo`ng`irot uchastkalari hamda Qandim konlar guruhida geologiya-qidiruv ishlari o`tkazildi va natijada 18,5 milliard kub metr gaz qazib olindi. Hisor hududi konlarida olib borilgan ishlar natijasida 368,5 ming tonna neft va 2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olindi.
“Lukoyl” Investorlar konsorsiumi tarkibida Orol bloki hududida geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda. Bu ishlar samaradorligi qimmatbaho xomashyo qazib olish hajmining o`sib borayotganida namoyon bo`lmoqda.
Kompaniyaning yaqin 5 yildagi investisiya dasturi qariyb 5 milliard dollarni tashkil etadi.





