AsosiyShou-biznes

Doston Ubdaydullaevdan muxlislar norozi

Yaqindagina Surxondaryo viloyatida gastrol safaridan qaytgan xonanda Doston Ubaydullaev ekranlarda ko`rinmay qoldi...
 
Shu bois muxlislar “Xonanda san`atni tark etdimi?” degan havotirlarini ham yashirishmayapti. Biroq Doston bu  orada ikkita yangi qo`shiq yaratishga ulgurdi. Jasur Javharnazarov musiqasi, Iroda Qurbonova so`zi bilan kuylangan “Ko`rgani keldim”, Iqbol Muhammadjonov so`zi va Botir Aliev musiqasi asosida ijro etilgan “Nozikina yorim“ sho`x taronasi shular jumlasidan.
 
Bu ikki qo`shiq tez orada muxlislar e`tiboriga havola etiladi. Darvoqe, “Ko`rgani keldim” qo`shig`iga komediya janrida klip ham suratga olinishi rejalashtirilgan. Klipda qiziqchilar bilan bir qatorda xonandaning o`zi ham rol ijro etyapti. 

    Boshqa yangiliklar