AsosiyJamiyat

IFC "Hamkorbank"ka $15 mln. kredit ajratdi

Xalqaro moliya korporasiyasi (IFC) "Hamkorbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat bankiga 7,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etdi.

Shu munosabat bilan kuni kecha poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida mazkur kredit liniyasining ajratilishi yuzasidan kelishuv bitimini imzolash marosimi o`tkazildi, deb [url=http://hamkorbank.uz/]xabar beradi bank matbuot xizmati.

Tadbirda "Hamkorbank" OATB boshqaruvi raisi Olmaxon To`rajonova hamda xalqaro moliya korporasiyasining Evropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada moliyaviy bozorlar va xususiy kapital jamg`armalari bo`yicha departamenti direktori Oftob Ahmad ishtirok etdi.

- Ajratilayotgan investision qo`yilmalar O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining yanada rivojlanishiga ko`maklashishga qaratilgan, - deydi Oftob
Ahmad. - Mahalliy banklar bilan olib borayotgan uzoq muddatli hamkorligimiz samarasida mamlakatning chekka mintaqalaridagi kichik biznes sub`ektlari va aholini zaruriy moliyaviy mablag` bilan ta`minlash, shuningdek, O`zbekiston bank tizimi uchun ilg`or xalqaro tajriba bilan o`rtoqlashish imkonini bermoqda.

Yaqin vaqtlar ichida "Hamkorbank"ka umumiy qiymati 15 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan kreditning qolgan qismini taqdim etishni rejalashtirganmiz. Bugun aynan birinchi bosqich sifatida ushbu kreditning dastlabki yarmini ajratish yuzasidan kelishuvga erishildi.

"Hamkorbank" OATB boshqaruvi raisi Olmaxon To`rajonova ushbu kelishuv "Hamkorbank"ning IFC bilan amalga oshirib kelayotgan uzoq yillik hamkorligining navbatdagi muhim bosqichi sanalib, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish hamda yangi ish o`rinlarini tashkil qilishda alohida ahamiyat kasb etishini ta`kidladi.  

    Boshqa yangiliklar