AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov “Bunyodkor” futbolchilarini qutladi

Toshkentning muhtasham "Bunyodkor" stadioni marosimlar zalida 2013 yilgi O`zbekiston chempioni va kubok sohibi “Bunyodkor” jamoasini tantanali qutlash marosimi bo`lib o`tdi.
 
O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham futbolchilarimizni qutlashga oshiqdi.
 
Bu marosimda qatnashgan Nazarbekov O`zbekistonning besh karra chempioni va to`rt karra kubok sohibiga aylangan "bunyodkorchilarni" qo`shiqlari bilan xushnud etdi.
 
O`zi ham futbol ishqibozi bo`lgan Ozodbek qaldirg`ochlarga faqat chiroyli o`yinlar, ko`plab gollar va g`alabani tilab qoldi.
 

    Boshqa yangiliklar