AsosiyShou-biznes

“Forbes” yilning 5 ta eng omadsiz filmini e`lon qildi

“Forbes”  jurnali 2013 yili ekranlarga chiqqan beshta eng omadsiz kinolenta reytingini tuzdi.

Ularni baholashda kassa yig`imlari va filmlarni chiqarishga sarflangan xarajatlar nisbati hamda kartina reklamasi kabi mezonlar inobatga olingan. 

Antireytingda birinchi o`rin Bill Kondonning “Beshinchi hokimiyat” (The Fifth Estate) filmiga berildi. Kartina “WikiLeaks” saytining asoschisi Julian Assanjning hayoti haqida hikoya qiladi. “Forbes” ma`lumotiga ko`ra, umumiy byudjeti 28 million dollarni tashkil etuvchi ushbu film jahon prokatida bor-yo`g`i 6 million to`plagan, xolos.

Ikkinchi o`rinni Saymon Uestning aktyor Silvestr Stallone ishtirokidagi “Shiddatli” (Bullet to the Head) filmi egalladi. 25 million dollar sarflangan ushbu film studiyaga faqat 9 million dollarni qaytara oldi. “Forbes”ning fikricha, bu “Warner Bros.” studiyasining lenta marketingiga etarlicha e`tibor bermagani bilan bog`liq.

Uchinchi o`rin Xarrison Ford va Gari Oldman ishtirokidagi “Paranoyya” (Paranoia) filmiga
berildi. Rejissyor Robert Luketichning ushbu filmi 35 million dollar byudjet bilan prokatda bor-yo`g`i 13,5 million dollar ishlab olishga muvaffaq bo`ldi.

Teylor Xekfordning Jeyson Stetxem va Jenifer Lopes ishtirokidagi "Parker" (Parker) filmi uning mualliflariga 35 million dollarga tushdi, ammo filmning o`zi 17,5 million dollar
ishlab oldi, xolos. “Forbes” antireytingida u to`rtinchi o`rinni egalladi.

Va, nihoyat, beshinchi o`rin rejissyor Allan Xyuzning “Illatlar shahri" (Broken City) kartinasiga berildi. Bosh rolda Mark Uolberg o`ynagan mazkur film prokatda 19 million dollar ishlab oldi, holbuki unga 35 million dollar sarflangan edi.

    Boshqa yangiliklar