Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatimizga tashrifi chog`ida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan birgalikda 26 noyabr kuni “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo`shma korxonasida mazkur yangi o`zlashtirilgan avtomobilning ilk nusxalaridan birini ko`zdan kechirdilar.
Yangi oilaviy avtomobil Turkmaniston rahbarida katta taasurot qoldirdi.
Salon 958 litr (5 o`rin) sig`imli yuk bo`limiga yoki 1594 litr (2 o`rinli) tekis pollik joyga transformasiya qilinadi.

Ayni damda General Motors mazkur modelni Janubiy Koreya, Rossiya, Venesuela va Vetnamda ishlab chiqarmoqda.






