26.11.2013 18:14
Ermitajda o`zbek filmi namoyish etildi
Unda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan 300 nafar media soha xodimlari ishtirok etishdi. Ular orasida o`zbekistonlik yosh ijodkorlar ham bor.
Dunyoga mashhur Ermitaj muzeyida bo`lib o`tgan mazkur anjumanga yig`ilgan jurnalistlar bu safar analogli va zamonaviy media vositalari o`rtasidagi raqobat hamda qarama-qarshi tomonlari yuzasidan o`zaro bahs yuritdilar.
Festival doirasida dokumentalist va kinoshunoslar tomonidan mahorat darslari o`tkazildi hamda “Mening bir kunim” rukni ostida suratga olingan filmlar namoyishi bo`lib o`tdi.
Ular orasida Toshkentda suratga olingan “Alisa mo`jizalar mamlakatida” nomli video-lavha yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi. "Bu mening ona shahrimga qaytganimda tuygan hislarimning ifodasidir. Noyabr oyida bu kabi tafti otash lavhalarni faqat ona shahrimda suratga olish mumkin edi", - deydi g`oya muallifi Milena Narinyan.
Qisqametrajli "Zarba va yana zarba" ("Udar za udarom") hujjatli filmi esa toshkentlik yosh sportchi Anvar Nurmuhammedov hayotiga bag`ishlangan. Filmda tayboks bo`yicha murabbiy misolida sport orqali odam o`zini o`zgartira olishiga urg`u berilgan.
Umuman festivalga taqdim etilgan filmlarning aksariyatida Vatan mavzusi bosh mezon qilib olingan. Ularda ko`proq milliy va madaniy o`ziga xosliklarga e`tibor qaratilgan.
[right]Muallif: Dilbar Fayzieva
Foto: Milena Narinyan[/right]





