AsosiyShou-biznes

Eng faol ma`naviyat targ`ibotchilari saralandi

O`zbek Milliy akademik drama teatrida “Yilning eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi” respublika ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Tadbir Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o`tkazildi. 

Shu munosabat bilan mazkur san`at maskaniga O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, ma`naviyat targ`ibotchilari, o`qituvchilar, mahalla, xotin-qizlar qo`mitalari faollari, yoshlar taklif etildi. 
 
Tadbir O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari, Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo`mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, “O`zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
 
Ko`rik-tanlovni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad ham ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot sohasi mutaxassislari faoliyatini atroflicha o`rganish, tahlil etish, bu boradagi ilg`orlar ish tajribasini ommalashtirishdan iboratdir.
 
Tanlov jarayonida targ`ibotchilarning zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ish jarayoniga unumli tatbiq eta olishi, ko`pchilik, ayniqsa, yoshlar auditoriyasi bilan ishlash mahorati, ularga ijobiy ta`sir o`tkaza olish qobiliyati, «ommaviy madaniyat»ning zararli ta`siridan himoyalay olishga doir ish uslubiga asosiy e`tibor qaratildi. 
 
Tadbirda «Yilning eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi» respublika ko`rik-tanlovining turli yo`nalishlar bo`yicha g`oliblariga sovrinlar topshirildi.

    Boshqa yangiliklar