22.11.2013 11:07
Shoxrux Xon ijodida tanaffus haqida e`lon qildi
"Chennay Ekspressi" filmi premerasi o`tgach, Shoxrux Xon ishga sho`ng`ib ketdi. Ayni vaqtda u bor kuchini rejissyor Fara Xonning "Yangi yilingiz bilan!" nomli filmiga sarflamoqda.
Shoxrux Xon: — Shu filmnitasvirga olish ishlari tugashi bilan ta`tilga chiqaman. "Chennay Ekspressi" kinokartinasini topshiriboq yangi ish boshlaganim uchun toliqib qoldim. Bir oy dam olib, so`ng yangi kinokartinalarga e`tibor qarataman. Birinchi navbatda Manish Sharma va Raxul Dxolakining filmlarida band bo`laman. So`ng yana bir nechta takliflarni ko`rib chiqaman.
Aktyor hozircha ikki oy Faraning kinokartinasidan ortmasligi aniq.





