AsosiyJamiyat

Turkmaniston Prezidenti yurtimizga tashrif buyuradi

25-26 noyabr kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi. 

Oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar chog`ida O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli, uni yanada  rivojlantirish istiqbollari, muhim mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama etiladi.    

Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonotini qabul qilish,turli sohalarga oid ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlarni  imzolash  mo`ljallanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar