21.11.2013 14:54
Evropa kompaniyalari rahbar ayollar sonini 40%ga oshirmoqchi
Evroparlament Strasburgdagi o`z sessiyasida tegishli direktivani ma`qulladi.Davlat kompaniyalarida esa ushbu kvota 2018 yilda bajarilishi kerak. Yangi qoidalar xodimlarining soni 250 kishidan oshmaydigan korxonalarga taalluqli bo`lmaydi. Bu yil direktorlar kengashidagi o`rinlarning ko`pi bilan 17,6 foizi ayollar tomonidan egallangani qayd etiladi.
Parlament vakillariishga qabul qilishda xodimning malaka darajasi bosh mezon bo`lishi kerakligini ta`kidlamoqda. Agar ikkala da`vogar ham bir xil malakaga ega bo`lsa, unda ish beruvchi jamoadagi erkaklar va ayollarning foizdagi nisbatini tenglashtirishga harakat qilishi lozim.
EIga a`zo davlatlarushbu direktivaning amalga oshirilishini nazorat qilib turadi. Ko`rsatma buzilgan taqdirda kompaniya rahbariyati hukumatga yozma tushuntirishni taqdim etishi kerak bo`ladi. Bunda ushbu firmaga nisbatan sanksiya faqat ishga qabul qilish paytida jinsiy belgi bo`yicha kamsitish fakti aniqlangan taqdirdagina joriy etilishi mumkin. Mazkur direktiva qonuniy kuchga kirishi uchun u EI Kengashi tomonidan ma`qullanishi zarur.





