21.11.2013 11:51
Quyoshning magnit maydoni “ag`dariladi”
Buhaqda NASA agentligi xabar beradi. Quyosh qutblarining o`zgarishi har 11 yilda sodir bo`ladi.
Ushbu hodisa erliklar uchun odatiy hodisa bo`lib, vahima uchun hech qanday sabab yo`q. Shu bilan birga qutblar almashgan paytda Quyoshda portlashlar soni oshadi, buning natijasida
Erga magnit bo`ronlari keladi. Ular sun`iy yo`ldoshlar va elektron uskunalarda nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Hozircha olimlar qutblarning nega o`zgarishini tushuntirib bera olmayapti, shu bois bunday hodisalarni aniq prognozlashning imkoni yo`q.
Qutblarning o`zaro o`rin almashishiga Quyosh ichida ishlaydigan “dinamo-mashina” sababchi degan gipoteza mavjud. Quyoshda taxminan 700 ming kilometr chuqurlikda plazma bo`lib, o`sha erning o`zida magnit qutblari paydo bo`ladi. Quyosh o`z o`qi atrofida aylanadi. Bunda qutblar o`zgarayotgan davrda modda qutblarga qaraganda ekvatorda tezroq harakatlanadi. Ana shunday harakat hisobiga magnit chiziqlari aylana boshlaydi, aylanish o`ramlari soni ortganida esa, u ekvatorga parallel ravishda yuzaga chiqadi. Shu tarzda, bir tomondan janubiy qutb, ikkinchi tomondan esa shimoliy qutb shakllanadi. [/left]





