AsosiyDunyo

Hindiston samolyotining hojatxonasidan 20 kg oltin topildi

[left]Hindistonning Kalkuttashahri aeroporti farroshlari Bangkokdan uchib kelgan samolyotda qiymati bir million dollardan ortiq 24 ta quyma oltin topdi.   [/left]
“Qimmatbaho yuk Hindistonning “Jet Airways” kompaniyasiga tegishli avialayner hojatxonasidan topilgan. Quyma oltinlar ikkita sumkada bo`lgan”, - deydi aeroport direktori jurnalistlarga. Har bir quyma oltinning og`irligi bir kilogrammga yaqin. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, topilmaning qiymati 1,1 million dollarga  baholanmoqda.

Qimmatbaho yukxo`jayini topilmadi. Hozircha, ushbu voqea munosabati bilan xibsga olinganlar haqida rasmiy ma`lumotlar yo`q. Biroq hind OAV tarqatgan ma`lumotga ko`ra, mahalliy polisiya bir kishini oltin kontrabandasida gumon qilib, qo`lga olgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar