AsosiyDunyo

Siz bilmaydigan shokka soluvchi 15 ta fakt (FOTO)

Ushbu faktlar haqida bilib olgandan so`ng, sizning odatiy narsalarga bo`lgan munosabatingiz o`zgarishi mumkin.

O`zimiz bilmagan holda nechta hashoratni tanovul qilamiz? Nega bizning matrasimiz 10 yil ichida ikki baravar og`irlashadi? Unitazdan ham iflosroq joy bormi?
Quyidagi bu savollarga javob topasiz. 

1.   Rimliklar tish pastasi sifatida sichqonlarning maydalangan miyasidan foydalangan. 


 

2.    Kapalaklar qon so`rishi ma`lum. 


 

3.    Ish stolingiz, oshxona rakovinasi, do`kon aravachasi, mobil telefoningiz, restorandagi taomnoma va bankomatda bakteriyalar soni unitazga qaraganda ko`proq.


 

4.    Odam yiliga o`rtacha 500 grammga yaqin hashoratni asosan boshqa ovqatlar bilan birga iste`mol qiladi.


 

5.    Oyoq kaftlaringiz yiliga 20 litrga yaqin ter chiqaradi. 

 

6.    Agar nimanidir hidlasangiz, ushbu ob`ekt molekulalari burunning ichki qismiga yopishib qoladi. 



 7.    Lotereya chiptalarini sotib olishga borayotgan paytingizda o`lish imkoniyatingiz, lotereyada yutib olish imkoniyatingizga qaraganda yuqoriroq. 

 

8.    O`ng qo`li asosiy bo`lgan kishilarga mo`ljallangan uskunalardan foydalangani uchun har yili qariyb 2500 nafar chapaqay vafot etadi.


 

9.    Muz kubiklarini saqlash uchun mo`ljallangan mashinalarning aksariyati yuvilmaydi. Ularda hatto shilimshiq modda va boshqa mikroblar ko`payishining oldini oluvchi tizim ham ko`zda tutilgan. 

 

10. 10 yil ichida o`rtacha matrasning og`irligi chang kanalari va ularning hayot faoliyati chiqindilari to`planishi natijasida ikki baravarga oshadi. 



 11. Agar erkak sher prayd ustidan boshchilikni o`z qo`liga olsa, u podaning oldingi etakchisi naslini o`ldiradi.


 
12. Biz metro bekatida nafas oladigan havoning 15 foizga yaqini inson terisi tashkil etadi. 

 

13. O`lim paytida o`z qurbonining yuzida tabassum hosil qiladigan zaharli o`simlik (Oenanthe crocata) mavjud. 

 

14. Yasama tishlar ko`p hollarda radioaktiv bo`ladi.


 

15. Har yili jahon okeaniga tashlanadigan chiqindi miqdori u erdan ovlanadigan baliqlar og`irligidan uch baravar oshadi. 



    Boshqa yangiliklar