AsosiyShou-biznes

Alisher Fayz farzandli bo`ldi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Turdiev farzandli bo`ldi. 

Bugun, 19 noyabr kuni soat tungi 3 larda xonandaning rafiqasi qiz farzandni dunyoga keltirdi. 

Alisher Turdievning bir qiz va bir o`g`li bor edi. Endi uning qizaloqlari ikkita bo`ldi. 
Alisher Fayz taxallusi bilan yaxshi tanish bo`lgan xonanda O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan edi. Milliy estrada yo`nalishida ijod qiladigan Alisher milliy ohangdagi qo`shiqlari bilan shuhrat qozongan. Bundan tashqari u o`zining aksariyat qo`shiqlari matni muallifi hamdir. 

    Boshqa yangiliklar