14.11.2013 17:17
Irina Bokova yana YuNESKO rahbariligiga saylandi
Yaqinda YuNESKO bosh konferensiyasi uni ikkinchi to`rt yillik muddatga bosh direktor etib tayinlashni ma`qulladi. Oktyabr oyi boshida Irina Bokovaning nomzodi ijrochi kengashda ko`pchilik ovozni olgandi, uning nomzodi uchun o`shanda 58 kishidan 39 tasi ovoz bergan.
Bokova 1952 yilda Sofiyada tug`ilgan. 2009 yil oktyabrida u YuNESKO bosh direktori etib saylandi va bu lavozimni egallagan birinchi ayolga aylandi. Bundan oldin Bokova Bolgariyaning Fransiyadagi elchisi va ushbu mamlakatning YuNESKO huzuridagi doimiy vakili lavozimlarini egallab kelgan. Shuningdek, 1996-1997 yillarda Bokova Bolgariya tashqi ishlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan.





