AsosiyDunyo

BMT jabrlangan filippinliklar uchun $300 mln to`plashni so`ramoqda

BMT jahon hamjamiyatini “Xayyan” dovulidan jabrlangan filippinliklar uchun 300 million dollar to`plashga chaqirmoqda. Bu haqda tashkilotning gumanitar yordam bo`yicha koordinatori Valeri Amos ma`lum qiladi.

Uning so`zlariga ko`ra, hozir etkazib berish yo`llari yo`qligi sababli jabrlangan hududlarga yordam sekin etib borayotir. Hukumat ma`lumotlariga qaraganda, Takloban shahrining o`zida tabiiy ofat qurbonlarining soni o`n ming kishiga etgan. Yuz minglab kishilar boshpanasiz qolgan. Filippindagi dovuldan jami to`rt millionga yaqin kishi jabrlangan.
Bu orada Evropa komissiyasi dovuldan jabrlangan Filippin aholisiga yordam sifatida 10 million evro miqdorida qo`shimcha transh ajratishi ma`lum bo`ldi. Ushbu yordam mablag`i aholini ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashga, tibbiy yordam ko`rsatishga, shuningdek, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, vaqtinchalik boshpanalar tashkil etish, energiya tizimi va infratuzilmani tiklashga yo`naltiriladi. 

    Boshqa yangiliklar